Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog



Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib qaytdi. Tashrif yakuni bo‘yicha Urganch shahrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prezident viloyatdagi avtomobil yo‘llari holatini tanqid qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Xorazmda ichki yo‘llar yo‘q desak adolatdan bo‘ladi. Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas. Ichki yo‘llarni sifatli ta'mirlash kerak. Shunday qilinglarki, kelgusi yilda har bir mahalla Xorazmda ichki yo‘llar bo‘yicha o‘zgarish bo‘lyapti, desin», – dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni o‘stirishda soliq va bank sohalarining o‘rni haqida ham gapirib o‘tdi.
«Xorazmda iqtisod kompleksida 5 mingga yaqin odam bor. Endi tumanning 3–4ta banklarining 30–40 nafarlab xodimlari, soliqchilar kabinetni qo‘riqlab o‘tirmaydi. Mahallalarga borib, aholi bilan bevosita ishlaydi. Odamlardan so‘raydi, muammosini hal qiladi.
Bank – islohotning qoni. Soliqchi ham tushunishi kerak, islohot bo‘lsa, soliq tushumi oshadi. Shu tizimni yo‘lga qo‘ysak, natija bo‘ladi», – ta'kidladi prezident.

Davlat rahbari qishloq xo‘jaligi sohasiga ham to‘xtaldi.
«Men 80 foiz tumanlar hokimlari bilan suhbatlashdim. Olgan javoblarim qoniqarli emas. Har bitta tuman hokimi muovini, sektor rahbarlari elim uchun xizmat qilaman desa, Xorazmda hammasi yaxshi bo‘ladi.
Hozir paxtani 75–80 foiz qayta ishlayapmiz. Klaster qilib ishlatilsa, natija butunlay boshqa bo‘lyapti, ip kalava emas, tayyor mahsulot tayyorlanyapti.
[...Nima uchun Xorazmda meva-sabzavot kam, chunki suvdan foydalanish siyosati yo‘q? Eski tizim bilan ishlab bo‘lmaydi. Dunyo bo‘yicha 2021 yilda oziq-ovqat muammosi bo‘lishi mumkinligi aytilyapti. Biz bunga tayyormizmi?
Masalan, Namanganda adolatli tizim yo‘lga qo‘yildi, tadbirkorlarga sharoit qilib berildi. Farg‘ona bilan Namanganni tenglashtirib bo‘lmaydi, Farg‘onada katta-katta korxonalar bor. Xorazm Namangandan ham ancha orqada. Namanganga borib, ko‘rib kelinglar, qancha ishlar qilingan. Hokimga ko‘p narsa bog‘liq, izlanish kerak. Namanganda Bozorov hokim vaqtida 10 foiz qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, Xorazmda hokimlar 90 foiz shug‘ullanyapti, lekin foyda yo‘q.
Qaysi soha bo‘yicha Xorazm boshqa viloyatlarga namuna hozir? Sholi va olmani brend qilsak bo‘ladimi? Sholini «Temir daftar»dagilarga ektiramiz. Shunda kambag‘allikdan chiqarish yo‘li adolatdan bo‘ladi.
Xorazm viloyati yiliga 80 mln dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qiladi. Andijonda bu ko‘rsatkich 512 mln dollar. Farq bormi? Bitta davlat, qarorlar bir xil-ku. Egilib paxta terasizlar, huzurini boshqa joylar ko‘radi. 25 yil paxta ekib, Xitoyga va Bangladeshga sotdik. Bangladeshda paxta yo‘q, bir yilda 35 mlrd dollarlik tayyor mahsulot eksport qilyapti», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, tashrif davomida prezidentga qishloq xo‘jaligiga oid loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Loyihalardan biriga ko‘ra, Xorazmda sholichilikdan yiliga ikki marta hosil olish uchun Xitoy tajribasi o‘rganiladi.
Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi innovatsion issiqxonani borib ko‘rdi. Tumanlarni ixtisoslashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@yangiariq20-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yil dasturi

Maktab manzili