Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Yangiliklar
  • 12-03-2026, 10:09

KELAJAK SOATI

KELAJAK SOATI
Yangiariq tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabi
9-“V” sinf o‘quvchilari
Sinf rahbari: Abdullayev Doston rahbarligida navbatdagi mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
24-mavzu: “Bir yaxshilik haqida. Har bir yaxshi so‘z — yaxshilikdir. Har bir yordam — yaxshilikdir.”
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga yaxshilikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, yaxshi so‘zning qalblarga nur ulashi, kichik yordamning esa katta ezgulikka sabab bo‘lishi haqida tushunchalar berildi.
O‘quvchilar o‘z hayotlaridagi yaxshiliklar haqida fikr bildirib, bir-birlariga iliq so‘zlar aytishdi. Bu esa sinfda yanada samimiy muhit yaratdi.
Mavzuga oid lavhalar namoyish etilib, savol-javoblar orqali o‘quvchilarning faolligi oshirildi.
Tadbir yoshlar qalbida mehr-oqibat, insonparvarlik, o‘zaro hurmat va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Har bir kichik yordam — katta yaxshilikdir!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@yangiariq20-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili